“Oʻzbekiston havo yoʻllari”ning samolyoti Minsk milliy aeroportida uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketdi

15:55 17 Yanvar 2022 Jamiyat
841 0

Bugun, 17-yanvar kuni soat 11:45lar atrofida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasining “Toshkent — Minsk” reysini amalga oshirayotgan Airbus A-320 samolyoti Minsk Milliy aeroportida uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketgan.

Bunga oʻsha paytda kuzatilayotgan kuchli qor va qor boʻroni sabab boʻlgan. Noqulay ob-havo sharoitiga qaramay havo kemasi muvaffaqiyatli qoʻngan. Biroq keyingi harakatni amalga oshirayotganda samolyot uchish-qoʻnish yoʻlagidan chiqib ketgan.

Oʻsha paytda samolyot bortida 115 nafar yoʻlovchi boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, jabrlanganlar yoʻq. Hodisa oqibatida samolyotga ham zarar yetmagani aytilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер