“O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyoti Toshkentga qo‘nish vaqtida texnik muammoga duch keldi

15:10 02 Avgust 2018 Jamiyat
1927 0
Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari

Bugun Toshkent aeroportida kutilmagan favqulodda holat yuz berdi. Bu haqda axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tonggi soat 05:10da Istanbul-Toshkent muntazam qatnovi bo‘yicha uchib kelayotgan “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Boeing 767 samolyoti poytaxt aeroportiga qo‘nish jarayonida tormoz berish tizimidagi nosozlik tufayli shassi g‘ildiraklari qizib, shinalarga qisman shikast yetgan.

“Qo‘nish shtat rejimida amalga oshirildi. Tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Milliy aviakompaniya yo‘lovchilardan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi”, - deyiladi MAK xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер