“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Moskvadan Oʻzbekistonga qaytish aviachiptasini nega 750 dollarga koʻtardi?

17:25 23 Iyun 2020 Jamiyat
1210 0

Nega “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Moskvadan Oʻzbekistonga qaytish aviachiptasini 750 dollarga koʻtardi? Boshqa kompaniyalar narxini oʻzgartirmaganku? Ushbu savolga Transport vazirligi axborot xizmati rahbari Navroʻz Ashurmatov javob berdi.

“Xorijdan oʻzbekistonlik fuqarolarni olib kelish uchun tashkillashtirilayotgan charter reyslar uchun avvalida aviachiptalar narxi minimal tarifdan oshmasligi belgilangan edi. Biroq minimal tarif boʻyicha belgilangan narxlar charter reyslarning xorij davlati va yana Oʻzbekistonga qaytish xarajatlariga salbiy moliyaviy taʼsir koʻrsatdi. Narxlar shundan kelib chiqqan holda belgilangan”, deydi Ashurmatov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?