“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi markaziy aviakassada “elektron navbat” xizmatini joriy qildi

10:16 11 Yanvar 2022 Jamiyat
731 0

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi markaziy aviakassada “elektron navbat” xizmatini joriy qildi.

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu xizmat tufayli roʻyxatdan oʻtkazish qobiliyati oshdi, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish vaqti 25-30 foizga qisqardi.

Shuningdek, yaqin kunlarda kassalar orasiga ajratuvchi toʻsiqlar oʻrnatiladi.

Oʻz navbatida, bu, ayniqsa, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan karantin choralari kuchaytirilayotgan bir paytda kasallik xavfi ortishining oldini olishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?