“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi Italiyadan birinchi “vizasiz” sayyohni kutib oldi

Foto: Milliy aviakompaniya Matbuot xizmati.
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasining Milan — Toshkent yoʻnalishi qatnovida poytaxtimizga vizasiz tashrif buyurgan ilk sayyoh uchib keldi. Bu haqda Milliy aviakompaniya Matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, Isroil, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Singapur, Turkiya va yaponiyalik fuqarolar uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etilgan edi. Mazkur roʻyxatga mart oyida Tojikiston, oktyabrda Fransiya kiritiladi. 2019 yil 1 fevraldan esa, mamlakat hududiga kirgan kunidan boshlab 30 kunlik muddatga vizasiz rejim yana 45 ta davlat fuqarolari uchun amalga kiritildi. Ushbu roʻyxatda Italiya Respublikasi ham bor.
Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida birinchi “vizasiz” sayyohni Milliy aviakompaniya hamda poytaxt aeroporti vakillari esdalik sovgʻalari va aviakompaniyaning reklama mahsulotlari bilan kutib olishdi.
Mamlakatimizga ilk bor tashrif buyurgan italiyalik mehmon Giglio Massimo bir haftalik safari davomida poytaxtning diqqatga sazovor barcha maskaniga tashrif buyurib, mintaqamiz boy tarixiga chuqurroq nazar tashlashni rejalashtirmoqda. U Oʻzbekiston hamda uning qadimiy tarixi haqida koʻp eshitganligi va vizasiz rejim joriy etilganini bilganidan soʻng hammasini oʻz koʻzi bilan koʻrishga qaror qilganini aytdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2024 yildan yangi uy sotib olganlarga QQSning yarmi qaytarib beriladi
- O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan muhim tashabbuslarni ilgari surdi
- Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan fotoreportaj
- Buxoroda Kushon davriga oid devor qoldiqlari topildi
- O‘zbekistonga Erondan issiq havo massalari kirib kelmoqda
- Kitoblar — tafakkur chashmasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring