“O’zbekiston havo yo’llari” xalqaro yo’nalishlarda reyslar sonini oshirmoqda

17:10 04 Aprel 2018 Iqtisodiyot
2622 0


Joriy yil 29 apreldan boshlab “O’zbekiston havo yo’llari” MAK  “Samarqand — Qozon — Samarqand” va “Farg’ona — Qozon — Farg’ona” yo’nalishlarida qo’shimcha qatnovlarni amalga oshiradi. 

MAK matbuot xizmati xabariga ko’ra, “Samarqand — Qozon — Samarqand” reyslari haftaning yakshanba kunlari quyidagi jadval bo’yicha bo’ladi(mahalliy vaqt bilan):

HY-697 Samarqand 19:55 — Qozon 21:30

Yakshanba: HY-698 Qozon 22:50 — Samarqand 04:20+1

“Farg’ona — Qozon — Farg’ona” yo’nalishining qo’shimcha parvozlari esa haftaning seshanba kunlari quyidagi jadval bo’yicha amalga oshiriladi:

Seshanba: HY-651 Farg’ona 22:20 — Qozon 00:05+1

Chorshanba: HY-652 Qozon 01:30 — Farg’ona 07:00

Har ikki yo’nalishda ham zamonaviy “A320” samolyotlari qatnaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?