“O‘zbekiston havo yo‘llari” bayram kunlarida mahalliy reyslarga chegirmalar joriy qildi

18:33 14 Avgust 2018 Jamiyat
3307 0
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlar uchun chegirmalar taqdim etadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Manba xabariga ko‘ra, mazkur chegirmalar 31 avgustdan 4 sentyabrgacha bo‘lgan davrda amalga oshiriluvchi mahalliy reyslar uchun amal qiladi.

Unga ko‘ra, yakka holda uchuvchi yo‘lovchilar uchun 30 foizlik chegirma taqdim etiladi. Sayyohlik guruhlari (5 va undan ortiq kishi), maktab o‘quvchilari, talabalar, davlat idoralarining maxsus o‘quv kurslari tinglovchilari uchun - 40 foiz.

50 foizlik chegirmalar oilalar (2 va undan ortiq kishi), pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va Chernobil fojiasining oqibatlarini tugatish ishlarida qatnashganlar uchun taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер