Oʻzbekiston aeroportlari mehmonlar tashrifiga qizgʻin tayyorgarlik koʻrmoqda

20:51 11 Iyun 2020 Jamiyat
1219 0

Oʻzbekiston “havo darvozalari” ayni vaqtda mehmonlar tashrifiga qizgʻin tayyorgarlikni boshlab yubordi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, xorijning 20dan ziyod aviatsiya sohasidagi Turkush Airlines, Fly Dubai, Korean Air, Asiana, Air Astana, Aeroflot, Sibir va shu singari qator aviakompaniya vakillari hamda “Oʻzaviatsiya” agentligi ishtirokida oʻtgan ochiq muloqot koʻptomonlama qiziqishlarni muhokama qilish uchun qulay imkoniyat boʻldi.

Muzokaralarda pandemiya va undan keyingi holatlarda xorijiy aviakompaniyalarning oʻzaro parvozlarni qayta tiklash va samarali yoʻlga qoʻyish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

“Albatta Oʻzbekiston aeroportlari aviatashuv, yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish sohasida xalqaro aloqalarni tiklash va hamkorlikda faoliyat olib borishdan manfaatdor. Bu oʻz navbatida, muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, davlatlar oʻrtasida sayyohlik va eksportning rivojlanishiga, investitsiyalar oqimining kuchayishiga olib keladi”, dedi “Uzbekistan Airports” AJ Boshqaruvi raisi Rovshan Ismailov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?