Oʻzbekiston gilosi Oʻmonga eksport qilinadi

13:57 15 May 2024 Jamiyat
497 0

Mamlakatimiz elchixonasi koʻmagida “Lulu Group International” shirkatining Oʻmon boʻyicha hududiy boshqarmasi va Oʻzbekistonning “MilMax Group” kompaniyasi rahbariyati oʻrtasida videokonferensiya shaklida uchrashuv tashkil etildi.

Onlayn uchrashuvda Oʻzbekistonda yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini Oʻmonga eksportini yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Oʻzbekiston tomoni qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va xorijga eksport qilish borasidagi tajribasi hamda imkoniyatlari boʻyicha taqdimot oʻtkazdi.

Oʻmonda 40 dan ortiq supermarketlarga egalik qiladigan “Lulu Group International” shirkati vakillari yurtimizda yetishtirilgan mahsulotlarni Maskatga yetkazib berilishidagi narxlar borasida bir toʻxtamga kelishsa, import jarayoni boshlanadi.

Uchrashuv yakunida oʻzaro hamkorlikning birinchi qadami sifatida Oʻzbekiston gilosini Oʻmonga eksportini boshlash toʻgʻrisida kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер