Oʻzbekiston-Fransiya davlat xizmatini rivojlantirish maqsadida deklaratsiya imzoladi

13:12 23 Noyabr 2022 Siyosat
312 0

Hujjat Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 21-22-noyabr kunlari Fransiya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Fransiya Respublikasi Davlat sektorini transformatsiya qilish va davlat xizmati vazirligi oʻrtasida imzolandi.

Mazkur Deklaratsiya ikki tashkilot oʻrtasida hamkorlik asoslarini belgilab beradi.

Shuningdek, hujjatda qoʻshma tadbirlarni tashkil qilish, sohaga oid qator loyihalarni amalga oshirish, davlat xizmatchilari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslari, oʻquv dasturlarini tashkil qilish belgilandi.

Deklaratsiyani amaliyotga tatbiq qilish doirasida davlat xizmatchilarining Fransiyada malaka oshirishini tashkil qilish, ekspertlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, davlat xizmatida raqamlashtirish va innovatsiyalar boʻyicha tajriba almashish belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?