Oʻzbekiston FIFA reytingida bir pogʻona pastladi
Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (FIFA) tomonidan sentyabr oyi uchun terma jamoalarning reytingi eʼlon qilindi. Unda Oʻzbekiston 83-oʻrindan 84-pogʻonaga tushgan.
Oʻzbekiston terma jamoasi 1282 ball toʻplagan. Bu koʻrsatkich Osiyo davlatlari orasida 12-natija. FIFA reytingda Oʻzbekistondan yuqori oʻrinlarda OFK aʼzolaridan Eron, Yaponiya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA, Iroq, Xitoy, Oʻmon, Suriya joy olgan.
Sentyabr oyida Oʻzbekiston bitta oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazdi. Yangi bosh murabbiy Srechko Katanes boshchiligida jamoamiz 5-sentyabr kuni Stokgolmda Shvetsiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1-2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
FIFA reytingida birinchi pogʻonani Belgiya band etgan. Undan keyingi yuqori oʻrinlarni Braziliya va Angliya band etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring