“Oʻzbekiston yetakchi faol ayollar muloqoti platformasi”ning oʻrni va roli masalalari boʻyicha fikr-mulohazalar almashildi
Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati
Joriy yilning 17-oktabr kuni Oliy Majlis Senatida “Oʻzbekiston yetakchi ayollar muloqoti platformasi” aʼzolarining 2023-yildagi ilk uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv Senat va BMT Taraqqiyot Dasturining “Oʻzbekistonda milliy gender strategiyasini amalga oshirish va gender tenglikka erishish” loyihasi doirasida tashkil etildi.
Unda Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi, BMT Taraqqiyot Dasturi, Yetakchi ayollar muloqoti platformasi aʼzolari, shuningdek, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Taʼkidlanganidek, “Oʻzbekiston yetakchi ayollar muloqoti platformasi” xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini oshirish, rahbar ayollar safini yanada kengaytirish, ularning yetakchilik koʻnikmalarini rivojlantirish hamda yosh qizlarni rahbarlikka tayyorlash, gender tenglik muammolarini bartaraf etishga xizmat qiladi.
Platforma faoliyati har bir hududdagi xotin-qizlarning tadbirkorlik, ilm-fan, axborot texnologiyalari, media, sport va madaniyat kabi sohalardagi asosiy muammolarini aniqlab, imkoniyati cheklangan yetakchi xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, gender tengsizlikni keltirib chiqaradigan gender stereotiplar va nooʻrin ijtimoiy meʼyorlarga chek qoʻyilishiga yordam beradi.
Tadbirda ishtirokchilar tomonidan platformani ishlatish va undan samarali foydalanish hamda kelgusida uni yanada takomillashtirib borish yuzasidan maʼlumotlar berilib, platforma taqdimot qilindi.
Jumladan, Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi Malika Qodirxonova platforma aʼzolarining asosiy vazifalari har bir hududdagi xotin-qizlarning tadbirkorlik, ilm-fan, axborot texnologiyalari, sport va madaniyat, OAV kabi sohalardagi asosiy muammolarini aniqlashdan iborat ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
Shuningdek, senator imkoniyati cheklangan yetakchi xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashda, gender asosidagi zoʻravonlik va tengsizlikni keltirib chiqaradigan gender stereotiplari va nooʻrin ijtimoiy meʼyorlarga chek qoʻyilishiga yordam berishda, har bir hududdagi xotin-qizlarning holatini tubdan yaxshilashga koʻmaklashishga qaratilgan davlat organlari uchun dasturlar ishlab chiqishda platformaning ahamiyati yuqori ekanligini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Tadbirda BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi doimiy vakili vazifasini vaqtincha ijro etuvchi Anas Fayyad Qarman yetakchi ayollarning salohiyatini yuksaltirishda, xususan, siyosiy partiyalarda gender tamoyillarini kuchaytirish, xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, shuningdek, yetakchi ayollarning notiqlik madaniyatini hamda aholi bilan muloqot qilish koʻnikmalarini oshirishda BMTTD amaliy yordam koʻrsatishga tayyor ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
Tadbir davomida xotin-qizlarni yangicha yondashuv, gʻoya va tashabbuslar bilan chiqishlariga koʻmak berish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar, siyosiy jarayonlarda ularning faol ishtirokini taʼminlash, mazkur jarayonlarda “Oʻzbekiston yetakchi faol ayollar muloqoti platformasi”ning oʻrni va roli masalalari boʻyicha fikr-mulohazalar almashildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring