Oʻzbekiston yengil avtomobil ishlab chiqarish boʻyicha Rossiyani ortda qoldirdi

17:12 08 Avgust 2022 Jamiyat
344 0

Foto: Illustrativ foto

UzAuto Motors kompaniyasi 2022-yilning dastlabki olti oyida 160 000 dona avtomobilni sotuvga chiqarib, ishlab chiqarish boʻyicha rekord oʻrnatdi.

“Katta ishonch bilan taʼkidlash mumkinki, MDH mamlakatlari ichida avtomobil ishlab chiqarish hajmlari boʻyicha 2022-yilning birinchi yarim yilligi yakunlariga koʻra yetakchilik shohsupasi aynan oʻzbek kompaniyasiga tegishli”, — deb hisoblaydi PROMREYTING tahlil agentligi ekspertlari. 

Rossiyaning mazkur agentligi yangi tadqiqotiga koʻra, joriy yilning dastlabki 6 oyida Oʻzbekiston Rossiya Federatsiyasiga nisbatan koʻproq yengil avtomobil ishlab chiqardi va MDH avtomobil ishlab chiqaruvchilari orasida ishlab chiqarish hajmlari boʻyicha yetakchilikni qoʻlga kiritdi.

9 ta Hamdoʻstlikka aʼzo mamlakatlarning beshtasida oʻz avtomobil sanoati mavjud, deya taʼkidlamoqda avtomobil ishlab chiqarish hajmlari boʻyicha MDH mamlakatlarining eng yirik kompaniyalari reytingini tuzishni maqsad qilgan agentlik. Bunda 2021-yil va 2022-yilning birinchi yarmiga oid maʼlumotlar hisobga olingan. Soʻnggi oylarda jahon siyosati va iqtisodiyotidagi vaziyat keskin oʻzgargani sababli bu yilgi statistika oʻz ichida ayrim kutilmagan holatlarni qamrab olgan, deb ogohlantiradi tadqiqot mualliflari.

Boshlanishiga MDH tarkibiga qaysi mamlakatlar kirishini eslatib oʻtish joiz, bu - Rossiya, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Armaniston, Ozarbayjon, Moldaviya, Tojikiston va Oʻzbekiston. 9 ta davlat aholisining umumiy soni — 250 mln kishi atrofida, yaʼni bu ulkan bozor, garchi MDH doirasida umumiy iqtisodiy makon bilan umumlashtirilmagan boʻlsada. Sanab oʻtilgan mamlakatlardan faqat dastlabki beshtasi yagona bojxona va iqtisodiy makon sharoitida ish olib boradi, boisi ular boshqa mintaqaviy integratsiya tashkiloti – Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII), garchi alohida toifadagi tovarlar uchun tashqi savdo hamkorligining soddalashtirilgan va oʻziga xos shartlar asosidagi baʼzi shakllari MDH ichkarisida ham koʻzda tutilgan.

Rivojlangan avtomobil sanoati SSSR davridan boshlab Rossiya va Belarusda tarixan shakllangan. Soʻnggi 25 yil ichida Oʻzbekiston va Qozogʻistonda ham yirik avtosanoat korxonalari noldan barpo etildi. Shuningdek, Belarusda yengil avtomobil ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Soʻnggi yillarda Ozarbayjonda kichik avto yigʻish korxonalari paydo boʻldi.

«Shu oʻrinda qayd etish kerakki, — taʼkidlanadi tadqiqotda, — soʻnggi yillarda Qozogʻistonning yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi bir vaqtning oʻzida bir nechta biznesini yopib tang vaziyatga tushib qoldi. Hozirda yetakchilik maqomi AZIYA AVTO dan SarыarkaAvtoProm»ga oʻtdi. Vaziyatni odatiy deb boʻlmaydi. Biz bu qadar yirik mojarolar va biznesning boʻlinishidan ancha chiqib qolganmiz. Har holda bu toʻqsoninchi yillar emas...

Shuningdek, AVTOVAZning Ijevsk maydonchasidagi “osilib turgan” holatni ham aytib oʻtish kerak. Tadqiqot oʻtkazilish vaqtida media makonida Lada Vestaʻning ishlab chiqarilishini Ijevskdan Tolyattiga koʻchirish ehtimoli haqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu 5ta mamlakatda 2021-yil yakunlariga koʻra yengil+yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish hajmlari nisbati quyidagicha:

1. Rossiya — 1,4 mln avto;

2. Oʻzbekiston — 236 ming;

3. Qozogʻiston — 93 ming (yuk mashinalari va avtobuslar bilan birga);

4. Belarus —35 mingga yaqin;

5. Ozarbayjon — 2 ming.

2021-yil yakunlariga koʻra, MDHda yengil va yengil tijorat avtomobillari yirik ishlab chiqaruvchilari TOP-10ligi qoʻyidagicha koʻrinishga ega:

1. AVTOVAZ (Tolyatti va Ijevsk, Rossiya) — 430 ming avto;

2. UzAuto Motors (Asaka va Xorazm, Oʻzbekiston) — 236 ming;

3. Hyundai Motor Manufacturing Rus (Sestroresk, Rossiya) — 234 ming;

4. Avtotor (Kaliningrad, Rossiya) — 177 ming;

5. Volkswagen Group Rus (Kaluga, Rossiya) — 118 ming;

6. GAZ (Nijniy Novgorod, Rossiya) — 117-127 ming avto: 65-75 ming oʻz brendidagi yengil tijorat avtomobili (aniq maʼlumot yoʻq) + 52 ming yengil VW va Skoda avtomobili;

7. Renault Rossiya (Moskva, Rossiya) — 88 ming;

8. Toyota Motor Manufacturing Rus (Shusharы, Rossiya) — 81 ming;

9. SarыarkaAvtoprom (Kostanay, Qozogʻiston) — 60 ming (yuk avtomobillari va avtobuslar bilan birga);

10. Nissan Motor Manufacturing Rus (Sankt-Peterburg, Rossiya) — 45 ming.

«2022-yilning birinchi yarmida Yevroosiyodagi siyosiy va iqtisodiy vaziyat maʼlum sabablarga koʻra keskin oʻzgardi. Ukrainadagi voqealar tufayli Gʻarb fevral oxiridan buyon Rossiyani sanksiyalar bilan ayovsiz “boʻgʻmoqda”. Yevropa va Yaponiya kompaniyalarning aksariyat qismi nomaʼlum vaqtga RFdagi faoliyatini toʻxtatdi. Xorijdan butlovchi qismlarning toʻliq yetkazib berilmasligi oqibatida Rossiya kompaniyalariga tegishli avtozavodlarda normal avtomobil ishlab chiqish surʼati izdan chiqdi», — maʼlumot beradi PROMREYTING.

Rossiya avtosanoati yetakchisi — AVTOVAZ — 2022-yilning yanvar-iyun oylarida avtomobil ishlab chiqarishga oid maʼlumotlarni oshkor qilmadi, ammo mustaqil ekspertlarning taxmin qilishicha, koʻrsatilgan davrda kompaniya oʻzining ikkita avtozavodida jami 80 mingdan koʻp boʻlmagan mashinani yigʻdi, negaki, komponentlarning yetib kelishidagi uzilishlar sababli AVTOVAZ quvvatlari fevraldan iyulgacha boʻlgan vaqt oraligʻida asosan ishsiz turib qoldi.

Rossiyadagi Hyundai zavodi mart boshidan buyon siyosiy sabablarga koʻra ishlashdan toʻxtagan, biroq dastlabki ikki oy yakunlariga koʻra u 40 mingga yaqin mashinani sotuvchiga chiqarishi mumkin edi.

2022-yil boshidan buyon RF hududidagi boshqa avtozavodlarda mashina ishlab chiqarish natijalariga oid maʼlumotlar juda kam.

Ishonch bilan aytish mumkinki, 2022-yil davomida Oʻzbekiston va Qozogʻiston avtozavodlari oʻz konveyerlarida mashina chiqarishni faol oshirib boradi, negaki ular ayni payda Rossiya va Belarusdagi korxonalar aziyat chekayotgan xalqaro cheklovlardan holi.

Bundan tashqari, UzAuto Motors toʻgʻri investitsiya siyosatini olib bormoqda. Kompaniya oʻz ishlab chiqarish quvvatlarida GM GEM platformasidagi avtomobillarning ishlab chiqarilishini yoʻlga qoʻyish uchun 620 mln dollar sarmoya kiritdi. 2022-yilning iyulidan (bu inqirozning ayni avj pallasi ekanligini hisobga olish zarur) oʻzbek kompaniyasining Asaka shahridagi quvvatlarida eng yangi Chevrolet Tracker krossoverining ommaviy ishlab chiqarilishiga start berildi. 2023-yil boshida unga sedan Chevrolet Onix qoʻshiladi.

Keltirilgan maʼlumotlarga tayanib, ishonch bilan aytish mumkinki, MDHdagi avtomobil ishlab chiqarish geografiyasi yaqin yillarda sezilarli darajada oʻzgarmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?