Oʻzbekiston eng koʻp gilos eksport qilgan davlatlar aytildi

11:03 18 Iyul 2022 Iqtisodiyot
429 0

Foto: Illustrativ foto

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-iyun oylarida 14 ta davlatga qiymati 33,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 25,4 ming tonna gilos eksport qilgan.

Gilos eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 35 ming tonnaga kamaygan.

2022-yilning 6 oyida Oʻzbekiston eng koʻp gilos eksport qilgan davlatlar:

— Rossiya – 12,5 ming tonna;

— Qozogʻiston – 7,7 ming tonna;

— Qirgʻiz R. – 4,8 ming tonna;

— Janubiy Koreya – 183 tonna;

— Belarus – 163 tonna;

— Polsha – 52 tonna;

— BAA – 16 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?