Oʻzbekiston delegatsiyasi IHT Tashqi ishlar vazirlarining 49-sessiyasida qatnashmoqda

Ushbu anjumanda ishtirok etayotgan IHTga aʼzo 56 davlat vakillari siyosiy, iqtisodiy, inson huquqlari, xalqaro axborot, huquqiy, madaniy-gumanitar va boshqa yoʻnalishdagi rezolyutsiyalarni qabul qilishadi.
Sessiya doirasida Oʻzbekiston tomoni bir qator rezolyutsiyalarni qabul qilish uchun taqdim etgan. Ular orasida, jumladan, “Afgʻoniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot mavzusidagi Toshkent xalqaro konferensiyasi natijalari” hamda “IHTga aʼzo davlatlarning Samarqanddagi Xalqaro yoshlar forumi” hujjatlari bor.
“Afgʻonistonni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mintaqaviy tashabbuslar” rezolyutsiyasida Oʻzbekiston hukumati tomonidan oʻtkazilgan qator xalqaro konferensiyalar, Afgʻonistonda taʼlim sohasini rivojlantirish, qoʻshni mamlakatni savdo-iqtisodiy va infrastruktura yoʻnalishlariga jalb etish, “Termiz–Mazori Sharif–Kobul–Peshovar” temir yoʻlini hamda “Surxon–Puli Xumri” elektr uzatish liniyalarini barpo etish kabi tashabbuslarimiz asosiy oʻrin tutadi.
Anjuman ishtirokchilari Oʻzbekiston tomonidan ilgari surilayotgan rezolyutsiyalar, xususan, Afgʻonistonga bagʻishlangan konferensiya ushbu mamlakat muammolarini hal etish, mamlakatning xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyotga erishishi yoʻllarini ishlab chiqishga qaratilgani bilan ahamiyatli ekanligini alohida taʼkidlashmoqda.
IHT Tashqi ishlar vazirlarining 49-sessiyasi oʻz ishini davom ettirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring