Oʻzbekiston delegatsiyasi Yevroosiyo guruhining Forumida ishtirok etmoqda

14:16 21 Iyul 2022 Siyosat
291 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Qozogʻiston Respublikasi poytaxtida Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Yevroosiyo guruhining navbatdagi Forumi boʻlib oʻtmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari respublikaning davlat organlari vakillari bilan hamkorlikda joriy yilning 19-21-iyul kunlari Nur-Sulton shahrida (Qozogʻiston) oʻtkazilayotgan Yevroosiyo guruhining Forumida ishtirok etmoqda.

Forum Yevroosiyo guruhi mintaqasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid jinoyatlarni aniqlash, ushbu toifadagi jinoyat ishlarini tergov qilish va sud tartibida koʻrib chiqishning samaradorligiga bagʻishlangan.

Ushbu Forumda Belarus, Italiya, Hindiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston Respublikasining sud, prokuratura va moliyaviy razvedka boʻlinmalari vakillari, shuningdek BMTning narkotik moddalar va jinoyat boshqarmasi, YEXHT, OTB, MDHning uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishni muvofiqlashtirish byurosi, Moliyaviy monitoringning xalqaro oʻquv-uslubiy markazi va AQSH elchixonasining delegatlari taklif etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?