Oʻzbekiston delegatsiyasi Dushanbeda oʻtkazilayotgan xalqaro anjumanda qatnashmoqda

20:15 28 Oktyabr 2021 Jamiyat
932 0

Foto: Халқ сўзи

Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida boʻlib oʻtgan MDHga aʼzo davlatlar oʻqituvchilari va taʼlim xodimlarining VI syezdida mamlakatimiz vakillari ham ishtirok etdi.

Taʼlim sohasida davlatlararo dasturlar va hamkorlik rejalarini tasdiqlash, ilmiy-pedagogik xodimlar oʻrtasida oʻzaro almashinuv ishlarini kengaytirish maqsadlari koʻzda tutilgan ushbu anjuman ishtirokchilaridan biri boʻlgan, Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malkasini oshirish hududiy markazi direktori Umarali Qodirov quyidagilarni maʼlum qildi:

- Anjumanda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning taʼlim sohasidagi hamkorligining huquqiy va tashkiliy asoslarini mustahkamlash, pedagoglarni ragʻbatlantirish, milliy taʼlim tizimi yutuqlarini ommalashtirishga alohida eʼtibor qaratildi. Yosh pedagoglar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalar uchun qulay va sifatli taʼlim usullarini aniqlash, oʻzaro hamkorlik mexanizmlari, adabiy aloqalarga doir tajriba almashish maydoni yaratilgani maqsadga muvofiqdir. Oʻzbekiston delegatsiyaning Tojikiston Respublikasiga safari davomida ikki davlat oʻrtasidagi taʼlim tizimi integratsiyasini yana kengaytirish boʻyicha hamkorlik istiqbollari ham belgilab olindi.

Ilhom RAHMATOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?