Oʻzbekiston delegatsiyasi Britaniya tashqi ishlar vazirligida muzokaralar oʻtkazdi

19:10 09 Sentyabr 2021 Siyosat
271 0

Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi Londonga tashrifi davomida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirining Yevropa va Amerika ishlari boʻyicha oʻrinbosari Vendi Morton hamda Janubiy Osiyo va Buyuk Britaniya Hamdoʻstligi ishlari boʻyicha oʻrinbosari Tariq Ahmad bilan muzokaralar oʻtkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Muzokaralar chogʻida ikki tomonlama aloqalar, xususan, parlamentlararo va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy xavfsizlik masalalari, jumladan, Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashdi.

Yaqin muloqotni, shu jumladan ikki mamlakat diplomatiya missiyalari yoʻnalishida qoʻllab-quvvatlash yuzasidan kelishuvga erishildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?