Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari Qirgʻiz Respublikasida boʻlib oʻtadigan saylovlarni kuzatib bormoqda

23:23 10 Aprel 2021 Siyosat
572 0

2021-yil 11-aprel kuni Qirgʻiz Respublikasining 448 ta Mahalliy Kengashlari deputatlari saylovi va Konstitutsiyani oʻzgartirish boʻyicha referendum boʻlib oʻtadi.

Saylovlarga tayyorgarlik jarayonlarini Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari ham bevosita kuzatib bormoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari B.Kuchkarov va Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi S.Kurbankulovlar saylov uchastkalarida yaratilgan sharoitlar va ovoz berish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari bilan tanishishdi.

Qirgʻiz Respublikasi Saylov va referendumlarni oʻtkazish boʻyicha markaziy komissiyasi Qirgʻiz Respublikasi Mahalliy Kengashlari saylovlarini tashkil etish va oʻtkazish uchun 425 243,5 ming som miqdoridagi xarajatlar smetasini tasdiqladi.

Qirgʻiz Respublikasi Mahalliy Kengashlariga deputatlar saylovini oʻtkazish uchun 53 ta hududiy saylov komissiya faoliyati ishga tushiriladi va 2 273 ta saylov uchastkasi tuzildi.

Qirgʻiz Respublikasi Mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlarida Qirgʻiz Respublikasi Saylov va referendumlarni oʻtkazish boʻyicha markaziy komissiyasi tomonidan «Tizme» davlat saylovchilar portalida - https://tizme.gov.kg/ saylovchilarning roʻyxatlari shakllantiriladi hamda joylashtiriladi.

2021-yil 11-mart kun holatiga saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan saylovchilar soni 3 mln 308 ming 813 nafarni tashkil etmoqda. 2021-yil 10-mart holatiga koʻra saylovchilarning dastlabki roʻyxati bilan taqqoslaganda oʻsish 4328 nafar saylovchini tashkil etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?