Oʻzbekiston delegatsiyasi Ar-Riyod shahrida boʻlib oʻtadigan yirik agrosanoat kompleksi koʻrgazmasida ishtirok etadi

17:49 12 Avgust 2022 Siyosat
726 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Joriy yilning 11-avgust kuni Ar-Riyod shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi vakillari Saudiya Arabistoni Podshohligi Atrof-muhit, suv resurslari va qishloq xoʻjaligi vazirligi vakillari bilan mamlakatlar oʻrtasida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari savdosini kengaytirishda hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashdi.

Saudiya Arabistoni Podshohligi (SAP) tomonidan Atrof-muhit, suv resurslari va qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari Mansur Al-Mushayti va vazir oʻrinbosari Sulaymon Alxatib ishtirok etdi. Oʻzbekiston tomonidan Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Qahramon Yuldashev hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sirojiddin Berdiqulov ishtirok etdi.

Uchrashuvda Saudiya tomoni boʻlajak oliy darajadagi tashrif chogʻida qishloq xoʻjaligi, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish sohalarida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumlarni imzolash muhimligi va bunga tayyor ekanini taʼkidladi. Shuningdek, mamlakatlar oʻrtasida qishloq xoʻjaligi, chorvachilik va boshqa mahsulotlar savdosini kengaytirish maqsadida agrar sohadagi hamkorlikni chuqurlashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Kelishuvga koʻra, ikki davlat tomonidan Memorandumlar imzolangandan soʻng hamkorlikni rivojlantirish va qoʻshma loyihalar boʻyicha aniq chora-tadbirlar va yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan “Yoʻl xaritalari” tayyorlanadi.

Shuningdek, Saudiya tomoni Oʻzbekiston delegatsiyasini yirik qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari va eksport kompaniyalari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida joriy yilning oktyabr oyi oxirida Ar-Riyod shahrida boʻlib oʻtadigan yirik agrosanoat kompleksi koʻrgazmasida ishtirok etishga taklif qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер