Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Osiyo karate federatsiyasi oʻrtasida memorandum imzolandi
Xabaringiz bor, Osiyo karate federatsiyasi (OKF) prezidenti, general-mayor Nosir Abdulrazzok Al-Razuki boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan shu yil 23-dekabr kuni Oʻzbekistonga keldi.
OʻzDJTSU matbuot xizmati xabariga koʻra, shu kuni faxriy mehmon boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor Mahmudjon Boltaboyev kutib oldi.
Tadbirda Osiyo karate federatsiyasi vitse-prezidenti, Oʻzbekiston karate federatsiyasi raisi Alamjon Mullayev, universitetning “Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri Shuhrat Arslonov va boshqalar ishtirok etdi.
Uchrashuvda rektor M.Boltaboyev soʻnggi yillarda yurtimizda karate sport turini tobora ommalashtirishga berilayotgan eʼtibor va bu borada universitetda amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida toʻxtalib, universitet tarixi va sportchi-talabalar tomonidan xalqaro maydonlarda qoʻlga kiritilgan yutuqlar haqida maʼlumot berib oʻtdi.
Oʻz navbatida, janob Nosir Abdulrazzok Al-Razuki yurtimizda boʻlib turganidan mamnunligini bildirib, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bilan kelajakda hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirishga umid bildirib oʻtdi hamda universitet rahbariyatini Osiyo karate federatsiyasining yirik tadbirlarida ishtirokchi sifatida qatnashish taklifini bildirdi. Shu bilan birga, mehmondoʻstlik va samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor etdi.
Shundan soʻng, ikki tomonlama anglashuv memorandumini imzolash marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Osiyo karate federatsiyasi (OKF) prezidenti, general-mayor Nosir Abdulrazzok Al-Razukiga universitetning faxriy professor unvoni ham berildi.

Shuningdek, faxriy mehmon tashrif doirasida taʼlim muassasasi bilan tanishib, bu yerda talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining karate zaliga tatami va sport jihozlarini taqdim etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring