Oʻzbekiston chegarasida qariyb 9 milliard soʻmlik noqonuniy tovarlar olib kirilishi toʻxtatildi

10:13 07 Dekabr 2021 Jamiyat
453 0

Andijon viloyati hududida bojxona nazoratidan oʻtmagan va boj toʻlanmagan tovarlarni olib oʻtishga urinish holatlari kuzatildi, deb xabar qildi bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.

Maʼlumotlarga koʻra, “Doʻstlik” chegara bojxona postida xorijdan kirib kelgan “MAN” rusumli yuk avtomashinasini koʻzdan kechirish chogʻida bojxona nazoratidan yashirib qoʻyilgan yengil sanoat tovarlari va maishiy texnika vositalari aniqlangan. Jami 8 million 665 million 480 ming soʻmlik 48 nomdagi turli xil tovarlar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyildi.

Matbuot xizmati xabariga koʻra, bojxona organlari tomonidan aniqlangan jinoyat holati boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?