Oʻzbekiston — Britaniya: parlamentlararo aloqalarning yangi bosqichi

17:33 23 Oktyabr 2021 Siyosat
275 0

2021-yil 23-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyevning Prezident saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan Buyuk Britaniya parlamenti yuqori palatasi aʼzosi Piter Lilli bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Saylov kampaniyasining barcha bosqichlari toʻliq yoritilayotgani, saylovda Prezidentlikka nomzodlar oʻrtasida raqobat borligi, telekanallarda ular ishtirokidagi debatlarni kuzatish mumkinligi taʼkidlandi.

P. Lilli Oʻzbekiston hukumati tomonidan barcha sohalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi.

Uchrashuv davomida parlamentlararo aloqalar Oʻzbekiston — Britaniya munosabatlarining muhim yoʻnalishi ekani taʼkidlandi. Britaniya tomoni bu yoʻnalishda muloqotni chuqurlashtirish, shu jumladan, parlamentlararo doʻstlik guruhlari faoliyatini jadallashtirish zarurligini taʼkidladi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?