Oʻzbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari maʼlum boʻldi. Ayrim mahsulotlar qimmatlashdi

11:50 07 Yanvar 2023 Jamiyat
378 0

Foto: Arxiv surat

Davlat statistika qoʻmitasi hududiy markaziy dehqon bozorlarida oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini eʼlon qildi.

5-yanvar holatiga koʻra:

— suyakli mol goʻshti (1 kg) 49 500—80 000 soʻm;

— qoʻy goʻshti (1 kg) 54 000—91 000 soʻm;

— kartoshka (1 kg) 3300—6000 soʻm;

— piyoz (1 kg) 3000—6000 soʻm;

— sabzi (1 kg) 2000—5 000 soʻm;

— tuxum (10 dona) 11 000—18 000 soʻm;

— guruch (1 kg) 6000—27 000 soʻm;

— oʻsimlik yogʻi (1 l) 16 000—30 000 soʻm;

— shakar (1 kg) 11 000—14 000 soʻm.

Oʻtgan haftadagi narxlar bilan solishtirganda, mol goʻshti, kartoshka, tuxum qimmatlab, qoʻy goʻshti narxi arzonlaganini koʻrish mumkin.

Yuqorida kuzatuv oʻtkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilgan boʻlib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar oʻzgarib turadi. Mazkur maʼlumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan (supermarket, minimarket, doʻkonlardagi narxlar inobatga olinmagan).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?