Oʻzbekiston Bosh vaziri SHHT Hukumat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etmoqda

14:44 30 Noyabr 2020 Siyosat
273 0

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 14.00da Hindiston raisligida videokonferensiya shaklida Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) Hukumat rahbarlari kengashi majlisi boshlandi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA.

Majlisda Oʻzbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etmoqda.

Kun tartibiga muvofiq, hukumat rahbarlari yangi koronavirus infeksiyasining iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish, SHHTga aʼzo davlatlar iqtisodiyotini raqamlashtirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish, milliy valyutalarda oʻzaro hisob-kitob amaliyotini kengaytirish masalalarini muhokama qilishi rejalashtirilgan.

Onlayn-anjuman doirasida 2035-yilgacha koʻp qirrali savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirish boʻyicha 2012-2025-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish va Raqamli davrda olis va qishloq joylarni rivojlantirish boʻyicha hamkorlik konsepsiyasi boʻyicha fikr almashiladi.

Majlis ishtirokchilari SHHT Ishbilarmonlar kengashi va Banklararo birlashmasi faoliyati bilan bogʻliq masalalarni ham koʻrib chiqadi.

SHHT Hukumat rahbarlari kengashi majlisi yakunlari boʻyicha Qoʻshma kommyunike qabul qilinishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?