Oʻzbekiston boksi tarixida ilk marotaba jahon chempioni boʻlgan Nigina Oʻktamovaga “Nexia 3” avtomobili sovgʻa qilindi

16:32 26 Aprel 2021 Sport
954 0

23-aprel kuni Polsha mezbonlik qilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida -54 kg vaznli bokschi qizimiz Nigina Oʻktamova barcha raqibalarini magʻlubiyatga uchratgan holda, oltin medalga sazovor boʻldi va oʻzbek boksi tarixida birinchi jahon chempioni unvoniga sazovor boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.

Shu munosabat bilan bugun, 26-aprel kuni Oʻzbekiston boks federatsiyasida oʻziga xos tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida oʻzbek boksi tarixida yangi sahifa ochgan jahon chempioni Nigina Oʻktamovaga maxsus sovgʻa — “Nexia 3” avtomobili tantanali tarzda sovgʻa qilingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?