Oʻzbekiston boʻylab “Yangi nafas” xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi oʻtkazildi
Foto: «Халқ сўзи»
25-iyun, yakshanba kuni butun Respublika miqyosida 23-iyun – Xalqaro Olimpiya kuni hamda 30-iyun Yoshlar kuniga bagʻishlangan “Yangi nafas” ommaviy yugurish musobaqasi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekistonning 16 ta shahrini qamrab olgan, “Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda birga yuguramiz” shiori ostidagi ushbu tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur ommaviy yugurish musobaqasida Respublikamiz boʻyicha jami 60 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashdi. Ular orasida 17 mingga yaqin talaba, shuningdek, harbiy oʻquv yurtlarining kursant va bitiruvchilaridan iborat “Vatan Qalqoni” harbiy-vatanparvarlik guruhi ham bor.
Fargʻona, Namangan, Buxoro, Samarqand, Nukus shaharlarida 1 milya (1609 metr) va 3 km; Andijon, Guliston, Nurafshon, Jizzax, Termiz, Navoiy, Qorovulbozor, Qarshi, Urganch va Gʻuzor shaharlarida 3 km masofada bahslar boʻlib oʻtdi. “Humo arena” majmuasining oldidagi maydonda start olgan Toshkent shahridagi bahslar esa 1 milya, 3 km va 10 km masofalarda tashkil etildi.
Bu yilgi “Yangi nafas” oʻz chegaralarini kengaytirdi va qoʻshni respublikalarning Yengil atletika federatsiyalari koʻmagida yugurish musobaqasiga Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻizistondan 300 nafarga yaqin yosh sportchilar va yugurish havaskorlari qoʻshilish imkoniyatiga ega boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring