Oʻzbekiston-Belarus parlamentlararo hamkorlik rivojlanmoqda

18:44 01 May 2023 Siyosat
683 0

Joriy yilning 28-aprel kuni Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Ravshanbek Alimov Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Respublika Kengashining Xalqaro ishlar va milliy xavfsizlik boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Sergey Rachkov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda parlament aʼzolari, ikki mamlakat diplomatik idoralari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Oʻzbekiston-Belarus munosabatlarining bugungi holati va istiqbollarini atroflicha muhokama qilib, parlamentlararo munosabatlarni, mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat parlamentlari palatalari rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlik guruhlari orqali aloqalarni davom ettirishga hamda ikki mamlakat fuqarolari manfaatlari yoʻlida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida parlamentning tegishli qoʻmitalari oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yoʻlga qoʻyish masalasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер