Oʻzbekiston asosan qaysi davlatlardan yengil avtomobil import qilgan?

10:31 15 Avgust 2022 Iqtisodiyot
386 0

Illustrativ foto

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 25 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan.

7 oyda Oʻzbekiston yengil avtomobillarni eng koʻp import qilgan davlatlar:

Xitoy – 7950 ta;

Koreya – 5658 ta;

Qozogʻiston – 3422 ta;

Rossiya – 1283 ta;

AQSH – 204 ta;

BAA – 95 ta;

Yaponiya – 78 ta;

Germaniya – 53 ta.

Yengil avtomobillar importi qariyb 7 mingtaga oshgan 2022-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 460,9 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 18 821 ta yengil avtomobil import qilgan. Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 6750 taga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?