Oʻzbekiston AQSHning yana bir “qora roʻyxati”dan chiqarildi

07:45 26 Aprel 2024 Siyosat
465 0

Oʻzbekiston intellektual mulkning huquqiy muhofazasi va himoyasi holati boʻyicha AQSH savdo vakilligining 301-maxsus hisobotidagi kuzatuvdagi davlatlar roʻyxatidan (qora roʻyxat) chiqarildi.

Oʻzbekiston 2000-yilda ushbu roʻyxatga kiritilgan boʻlib, 24-yildan buyon “kuzatuvdagi davlatlar roʻyxati”da qolayotgan edi.

Muayyan davlatning “kuzatuvdagi davlatlar roʻyxati”ga kiritilishi unda intellektual mulkni himoya qilish boʻyicha jiddiy muammolar mavjud ekanini koʻrsatadi hamda bevosita xorijiy korxonalar tomonidan investitsiyaviy faoliyatni amalga oshirishda alohida eʼtibor qaratiladi.

Bugungi kunga qadar Markaziy Osiyo mintaqasidan faqat Oʻzbekiston va Turkmaniston “kuzatuvdagi davlatlar roʻyxati”da qolib kelayotgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?