Oʻzbekiston aholisining 16,1 million nafardan ortigʻi toʻliq vaksina kursini oldi

Xabaringiz bor, yurtimizda koronavirusga qarshi emlash jarayonlari 2021-yil 1-apreldan boshlangan edi.
Ilk oylarda ikkita vaksina turi — ZF-UZ-VAC2001 va AstraZenecadan foydalanilgan boʻlsa, keyinchalik vaksinalar turi 7 taga yetdi. Taʼkidlash lozimki, Oʻzbekiston pandemiya sharoitida vaksinaga boʻlgan ichki ehtiyojni toʻla taʼminlashni uddalay oldi.
Oʻtgan 16 oylik emlash jarayonini tahlil qilsak, shu kunga qadar jami 62,3 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanildi.
Yurtimiz aholisining 16,1 million nafardan ziyodi toʻliq vaksina kursini oldi.
Toʻliq emlanganlarning 14,2 million nafari koronavirusga qarshi vaksinalarning buster dozasini ham qabul qilib, aholi orasida SOVID-19ga qarshi ommaviy immunitetni shakllantirish jarayoniga hissa qoʻshdi.
Oʻzbekiston aholisi orasidagi emlanuvchi qatlamning 96.9 foizi birinchi doza bilan, 75,3 foizi toʻliq vaksinatsiya kursi bilan qamrab olindi.
Iyul oyi yakunlariga koʻra, hududlar kesimida qoʻllanilgan vaksinalar Samarqand viloyatida 7 million, Fargʻona, Toshkent va Andijon viloyatlarida 6 million, Namangan viloyati va Toshkent shahrida 5 million dozadan oshganini koʻrish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- Senatorlar O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdilar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring