Oʻzbekiston aholisi qachon toʻliq vaksina qilinadi?

16:29 03 May 2021 Jamiyat
575 0

AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva koronavirusga qarshi vaksinatsiya jarayonlari va holatlar haqida maʼlumot berdi.

Oʻzbekiston aholisi qachon toʻliq vaksina qilinadi. Muayyan muddat rejalashtirilganmi? Mutaxassis mazkur savolga javob berdi.

«Aholi orasida ommaviy immunitet hosil qilib kasallikni nazorat qilish imkoni yaralguniga qadar vaksina davlatimizga olib kelinadi. Buning uchun yillar kerak boʻlar balki.

Shu oʻrinda aytib oʻtish joizki, davlatimizda boshqa infeksiyalarni oldini olish maqsadida Milliy emlash jadvali shakllantirilgan va u vaksinalar ham davlatimiz tomonidan olib kelinadi hamda bolalar tugʻilganidan Milliy emlash jadvali asosida bepul emlanadi», deya maʼlum qildi Sevara Ubaydullayeva.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?