Oʻzbekiston Afgʻonistonga insonparvarlik yordamini joʻnatdi

20:21 01 Aprel 2020 Jamiyat
1288 0

Bugun, 1-aprel kuni Oʻzbekiston Prezidentining topshirigʻiga asosan Afgʻonistonga koronavirus COVID-19 kasalligi tarqalishini bartaraf etish uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlari, tibbiy buyumlar va bolalar trikotaj mahsulotlari koʻrinishida insonparvarlik yordami yuborildi.

Tibbiy niqoblar, himoya kombinezonlari, kasallikni aniqlovchi teplovizor, pirometrlar singari tibbiy vositalar, un, yogʻ, guruch va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari hamda birinchi darajali xoʻjalik tovarlar, shuningdek jafokash afgʻon bolalari uchun trikotaj mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yuki Angren-Toshkent-Termiz-Mozori-Sharif yoʻnalishi boʻyicha yetkazib beriladi.

Eslatib oʻtamiz, bundan avval prezident topshirigʻiga asosan, koronavirusdan eng koʻp aziyat chekkan Xitoy va Eronga insonparvarlik yordamini joʻnatilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?