Oʻzbekiston Afgʻonistonga 169 tonnadan ortiq navbatdagi insonparvarlik yordamini joʻnatdi

17:28 25 Aprel 2024 Siyosat
406 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Farhod ESONOV/«Xalq soʻzi». Oʻzbekiston Prezidentining topshirigʻiga asosan, afgʻon xalqiga 169,4 tonna zarur oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan navbatdagi insonparvarlik yuklari karvoni «Ayritom» chegara oʻtkazish punkti orqali qoʻshni mamlakatning Balx viloyatiga yetkazildi.

Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati maʼlum qilishicha, insonparvarlik yordami tarkibidan 48 tonna un, 48 tonna bugʻdoy, 15 tonna oʻsimlik yogʻi, 10 ming 80 dona konservalangan goʻsht mahsulotlari, 22 tonna makaron, 24 tonna shakar hamda 100 ming dona tez tayyorlanadigan lapsha oʻrin olgan.

Foto: “Xalq soʻzi”

Shu munosabat bilan Hayraton shahridagi «Astras» kompaniyasi hududida Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov, Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Erkin Hamrayev va Afgʻonistonning Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo hamda ikki tomon rasmiylari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

— Birodar oʻzbek xalqi afgʻon diyorida hamisha tinchlik va osoyishtalik hukm surishini istab kelgan. Bu oʻlka xalqiga hamisha yordam qoʻlini choʻzib, begʻaraz koʻmak berib kelyapti. Biz bunday doʻstlik munosabatlarini qadrlaymiz va xalqimiz nomidan oʻz minnatdorligimizni bildiramiz, — deydi Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?