O’zbekiston Afg’onistonda temir yo’llar qurish uchun Hindiston kompaniyalarini jalb etmoqchi
O’zbekiston Afg’onistondagi Mozori Sharif – Hirot temir yo’lini qurish uchun Hindiston kompaniyalarini jalb etmoqchi. Bu haqida “repost.uz” axborot manbasi xabar berdi.
Ma’lumki, Prezidentimizning 5 apreldagi tegishli Farmoni bilan o’rta muddatli istiqbolda asosiy xorijiy sheriklar bilan O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy hamkorligini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari tasdiqlandi.
Unda, jumladan, O’zbekiston Hindiston bilan, eng avvalo, tibbiyot va farmatsevtika, transport kommunikatsiyalari, axborot texnologiyalari sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish hisobiga strategik sheriklikni yangi mazmun bilan to’ldirishni rejalashtirayotgani aytib o’tilgan.
Bundan tashqari, “O’zbekiston –Turkmaniston – Eron – Ummon” transport yo’lagini qurishda birgalikda ishtirok etish, Shimol – Janub yo’lagi doirasida hamkorlik qilish, Toshkentdan Kalkutta va Bangalorga to’g’ridan-to’g’ri aviareyslar ochish nazarda tutilayapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
- Yoshlar ishlari agentligi xodimlariga har oy 0,5 dan 1,5 baravargacha ustama toʻlanadi
- Oʻzbekistonda hafta oxirida ob-havo keskin sovuqlashadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring