Oʻzbekiston Afgʻoniston Hukumati va “Tolibon” Harakati oʻrtasida inklyuziv muzokaralar boshlanganini olqishlaydi

10:20 12 Sentyabr 2020 Siyosat
609 0

Oʻzbekiston Respublikasi TIV shu haqda bayonot berdi.

"Oʻzbekiston Qatar poytaxti Doha shahrida Afgʻoniston Hukumati va “Tolibon” Harakati oʻrtasida inklyuziv muzokaralar boshlanganini olqishlaydi. 

Umid qilamizki, afgʻonlararo muloqot oʻt ochishni barqaror toʻxtatishga olib keladi va natijada mamlakatda mustahkam va uzoq muddatli tinchlikni oʻrnatish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

Oʻzbekiston “siyosiy jarayonlar faqat afgʻonlar tomonidan va Afgʻoniston xalqi rahbarligida olib borilishi lozim”, degan asosiy tamoyilga sodiq qoladi.

Oʻzbekiston Respublikasi tomonlarning milliy yarashuvga erishish yoʻlidagi saʼy-harakatlari va intilishlarini bundan keyin ham qoʻllab-quvvatlaydi hamda doʻst Afgʻoniston xalqiga barqaror va farovon davlat barpo etishda har tomonlama yordam koʻrsatishda davom etadi" deyiladi bayonotda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?