Oʻzbekiston 9,3 mln. dollarlik konservalangan meva-sabzavotlar eksport qildi

Oʻzbekistonda joriy yilning oʻtgan 9 oyi davomida 9 mln 365 ming AQSH dollari qiymatidagi 8720 tonna konservalangan meva-sabzavotlar eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi. Bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3607,4 tonnaga koʻp demakdir.
Joriy yilda konservalangan meva-sabzavotlar eksportidan koʻrilgan daromad oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 24 foizga oshdi.
Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, konservalangan meva-sabzavotlarning 37 foizi Rossiyaga, 26,4 foizi Qozogʻistonga hamda 26 foizi Afgʻonistonga eksport qilingan.
Shuningdek, joriy yilda konservalangan meva-sabzavotlarning Tojikistonga eksporti 3,8 barobarga, Janubiy Koreyaga eksporti 3,1 barobarga, Ukrainaga eksporti 1,7 barobarga, Qirgʻizistonga eksporti 1,6 barobarga va Turkmanistonga eksporti 1,3 barobarga ortgan.
Oʻzbekistondan konservalangan meva-sabzavotlar eksport qilingan davlatlar qatoriga joriy yilda Belarus va Italiya davlatlari ham qoʻshildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring