Oʻzbekiston 9 oyda 13,4 ming tonna yeryongʻoq eksport qilgan

14:14 09 Noyabr 2022 Jamiyat
303 0

Foto: Illustrativ surat

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlarga qiymati 17,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 13,4 ming tonna yeryongʻoq eksport qilgan.

Yeryongʻoq eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,6 ming tonnaga kamaygan.

Oʻzbekiston 2022-yilning 9 oyida eng koʻp yeryongʻoq eksport qilgan davlatlar:

Rossiya – 4,4 ming tonna;

Qozogʻiston – 2,6 ming tonna;

Ozarbayjon – 1,8 ming tonna;

Xitoy – 735 tonna;

Turkmaniston – 712 tonna;

Afgʻoniston – 637 tonna;

Pokiston – 465 tonna;

Makedoniya – 287 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер