Oʻzbekiston 8 oyda 12 davlatga karam eksport qilgan

11:04 07 Oktyabr 2022 Iqtisodiyot
661 0

Foto: Illustrativ surat

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston 12 ta xorijiy mamlakatlarga qiymati 32,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 130,2 ming tonna karam eksport qilgan.

Karam eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 38,5 ming tonnaga oshgan.

Oʻzbekiston eng koʻp karam eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 91,6 ming tonna;

Rossiya – 26 ming tonna;

Qirgʻiz R. – 6,7 ming tonna;

Belarus – 5,2 ming tonna;

Ukraina – 513,3 tonna;

Litva – 98,1 tonna.

Xorijga eng koʻp karam eksport qilgan hududlar:

— Toshkent viloyati – 28,2 ming tonna;

— Buxoro viloyati – 20,1 ming tonna;

— Fargʻona viloyati – 13,6 ming tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?