Oʻzbekiston 5,9 million dollarlik noʻxat eksport qildi

10:35 23 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
223 0

Oʻzbekistonda joriy yilning oʻtgan 10 oyi davomida 5 mln. 942 ming AQSH dollari qiymatidagi 8 301 tonnadan ortiq noʻxat eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.

Mazkur yilda 2019-yilning aynan shu davriga nisbatan yurtimizdan 352 tonna koʻp noʻxat eksport qilingan boʻlib 4 foizga oʻsishga erishildi.

Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, noʻxatning 35 foizi Afgʻonistonga, 21 foizi Turkiyaga va 13 foizi Qozogʻistonga eksport qilingan.

Shuningdek, joriy yilda noʻxatning eksporti Niderlandiyaga 4,7 barobarga, Germaniyaga 3,3 barobarga va Birlashgan qirollikka 9 barobarga ortgan.

Joriy yildan ilk bora yurtimizdan Ozarbayjon, Bangladesh, Italiya va Koreyaga noʻxat eksporti yoʻlga qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?