Oʻzbekiston 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining chempioni boʻldi

14:32 09 Avgust 2022 Sport
742 0

Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi

Hindistonning Chennay shahrida oʻtgan 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasining soʻnggi 11-turida Oʻzbekiston terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasi ustidan gʻalaba qozonib, olimpiada chempioni boʻldi. Oʻzbekiston tarixda birinchi marta shaxmat olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Nodir Yoqubboyev Yorden van Foreest bilan, Nodir Abdusattorov Giri Anish bilan durang o‘ynadi. Javohir Sindorov ham durang qayd etdi. Jahongir Vohidov esa g‘alaba qozonib, O‘zbekistonga so‘nggi turda ham g‘alaba keltirdi. Umumiy hisob — 2,5:1,5.

Yana bir quvonarli xabar, Oʻzbekiston terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham magʻlubiyatga uchramagan yagona jamoa boʻldi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?