Oʻzbekiston 41 ta davlatdan kakao va shokolad import qilgan

10:21 12 Sentyabr 2022 Jamiyat
298 0

Illustrativ foto

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning 7 oyida Oʻzbekiston 41 ta xorijiy davlatlardan 24,2 ming tonna kakao va shokolad import qilgan.

Kakao va shokolad importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 ming tonnaga oshgan.

7 oyida Oʻzbekiston eng koʻp kakao va shokolad import qilgan davlatlar:

Rossiya – 17,4 ming tonna;

Turkiya – 1,3 ming tonna;

Ukraina – 991 tonna;

Qozogʻiston – 886 tonna;

Niderlandiya – 702 tonna;

Polsha – 474 tonna;

Xitoy – 458 tonna;

Belarus – 187 tonna;

Germaniya – 181 tonna;

Italiya – 101 tonna;

Ispaniya – 84 tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?