O’zbekiston 2020 yilgacha yana to’rtta “Boeing 787 Dreamliner”ni qabul qilib oladi

16:15 10 Aprel 2018 Iqtisodiyot
1540 0

AQShning “Boeing” kompaniyasi tomonidan ma’lum qilinishicha, 2020 yilgacha O’zbekistonga yana to’rtta zamonaviy “Boeing 787 Dreamliner” samolyoti etkazib beriladi. Bu haqida “Jahon” AA xabar qildi.

Ma’lumki, ayni paytda “O’zbekiston havo yo’llari” MAK  tomonidan shu kabi ikkita “orzu layneri”dan foydalanilmoqda.

Eslatib o’tamiz, uning birinchisi 2016 yil yoz faslida poytaxtimizga olib kelingandi. Mazkur havo transporti vositasi past shovqin chiqaradigan va yoqilg’i tejamkor yangi turdagi dvigatel bilan jihozlangan bo’lib, Shimoliy va Janubiy Amerikaga to’g’ridan-to’g’ri parvoz qilish imkoniyatiga ega. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?