Oʻzbekiston 20 ta davlatdan choy import qilgan

10:37 06 Sentyabr 2021 Iqtisodiyot
165 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-avgust oylarida 20 ta xorijiy davlatdan qiymati 23,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 17,3 ming tonna choy import qilgan.

Oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda choy importi 757 ming AQSH dollariga oshgan.

2021-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston choy mahsulotini eng koʻp import qilgan davlatlar:

  • Xitoy – 13,5 ming tonna
  • Keniya – 1,4 ming tonna
  • Eron – 594,7 tonna
  • Hindiston – 364,4 tonna
  • Indoneziya – 358,9 tonna
  • Shri-Lanka – 291,6 tonna
  • Vyetnam – 289,4 tonna
  • Rossiya – 237,6 tonna
  • BAA – 168,0 tonna

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?