Oʻzbekistondagi 40 foiz koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlar yaroqsiz, qoniqarsiz va taʼmirtalab holatga kelib qolgan — Senat

14:04 29 May 2021 Jamiyat
603 0

Bu haqda Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida maʼlum qilindi.  

Qayd etilishicha, respublika avtomobil yoʻllarida oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra, bugungi kunda 15 mingga yaqin koʻprik mavjud boʻlib, shundan 40 foiz koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlarning ekspluatatsion holati yaroqsiz, qoniqarsiz va taʼmirtalab holatga kelib qolgan.

Bundan tashqari, avtomobil yoʻllarida joylashgan va egasi aniqlanmagan koʻpriklarni saqlovchilarga topshirish ishlari amalga oshirilishi oʻrganilganida 3477 dona koʻprik oʻz egalariga berilmagani aniqlandi.

Oʻz holiga tashlab qoʻyilgan va yaroqsiz holga kelgan koʻpriklar esa fuqarolarning xavfsiz harakatlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda, ularning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?