Oʻzbek tili fani oʻqituvchisi “MDHning eng yaxshi yosh olimi-2021” deb topildi

05:37 13 May 2021 Jamiyat
615 0

Toshkent shahar Shayxontohur tumani 19-sonli umumtaʼlim maktabining oʻzbek tili fani oʻqituvchisi Fayzullo Yaxyoyev Qozogʻicton Respublikasining Nursulton shahrida MDH davlatlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi yosh olimi - 2021” Xalqaro tanlovida 14 ta mamlakat ichida Filologiya yoʻnalishida birinchi oʻringa loyiq koʻrilib, oltin medal bilan taqdirlandi.

Fayzullo Yaxyoyev maktabda oʻquvchilarga saboq berish bilan bir qatorda OʻzMU 2-bosqich magistranti.

OʻzMU adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri, Filologiya fanlari doktori, professor, Hamidulla Boltaboyev ilmiy rahbarligida «XX asrning ikkinchi yarmi oʻzbek navoiyshunosligi masalalari (Toʻxtasin Jalolov ilmiy merosi misolida) mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Hozirga qadar 100 dan oshiq ilmiy-publitsistik maqolalari, tezislari xalqaro, respublika miqyosidagi nashrlarda eʼlon qilingan, toʻplamlarga kiritilgan. Respublika Yosh olimlar kengashi aʼzosi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?