Oʻzbek-Qozon qoʻshma taʼlim dasturining “Geodeziya va geoinformatika” yoʻnalishining birinchi bitiruvchilariga ikki tomonlama diplom topshirildi

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzurida 2018-yilda Qozon Federal universiteti bilan hamkorlikda tashkil qilingan Oʻzbek-Qozon qoʻshma taʼlim dasturining “Geodeziya va geoinformatika” yoʻnalishida tahsil olgan ilk bitiruvchilarga diplom topshirish tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirda OʻzMU va QFU rahbarlari, olimlar va bitiruvchi yoshlar, shuningdek, ish beruvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni OʻzMU rektori Inomjon Majidov ochib berib, bitiruvchilarni ikki tomonlama qoʻshma taʼlim dasturni muvaffaqiyatli tamomlaganlari bilan tabrikladi. Shuningdek, yosh kadrlarning bundan keyingi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilab, OʻzMU xalqaro eʼtirof etilgan QS World University Rankingsning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo – EECA mintaqaviy reytingida 251-400 oʻrinlarga chiqqanini alohida taʼkidlab oʻtdi.
Shundan soʻng Qozon Federal universiteti (QFU) Boshqaruv, iqtisodiyot va moliya instituti direktori Nailya Bagautdinova soʻzga chiqib, bitiruvchilarni samimiy qutladi. Tadbir yakunida OʻzMU rektori Inom Majidov va QFU Boshqaruv, iqtisodiyot va moliya instituti direktori Nailya Bagautdinova bitiruvchi yosh kadrlarga ikki tomonlama diplomlarni topshirdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Bolgariya parlamenti tarqatib yuborildi
- Mustaqillikning oʻttiz bir yillik bayrami “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” degan bosh gʻoya asosida nishonlanadi
- Jo Bayden “COVID-19”dan qutula olmayapti. Uning beshinchi testi ham ijobiy natija koʻrsatdi
- Oʻzbekistonda 181 ming gektar tokzorlar mavjud — Qishloq xoʻjaligi vazirligi
- AQSH «Al-Qoida» yetakchisi Ayman Zavohiriyni yoʻq qildi
- Ixcham va samarali boshqaruv tizimini yaratish vazifasi qoʻyildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring