Oʻzbek-xitoy vaksinasini Oʻzbekistonda ishlab chiqarish boʻyicha memorandum imzolandi

21:05 05 Avgust 2021 Jamiyat
546 0

5-avgust kuni “Jurabek Labratories” MCHJ qoʻshma korxonasi va Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co., Ltd. Kompaniyalari oʻrtasida COVID-19ga qarshi rekombinant vaksina ishlab chiqarish boʻyicha Anglashuv memorandumi imzolandi.

Anglashuv memorandumini imzolash marosimi videokonferensaloqa orqali oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov, vazir oʻrinbosari Shaxlo Turdikulova, Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi elchixonasi konsuli Chjan Kingdong, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi boshqarma boshligʻi Shohruh Aslanov, “Jurabek Labratories” MCHJ qoʻshma korxonasi tijorat direktori Davron Abdullayev, "Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co., Ltd.» kompaniyasi Direktorlar kengashi raisi Li Vanjun va boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar.

Anglashuv memorandumini Jurabek Labratories” MCHJ qoʻshma korxonasi tijorat direktori Davron Abdullayev hamda Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co., Ltd. kompaniyasi Direktorlar kengashi raisi Li Vanjun imzoladi.

Tadbirda Innovatsion rivojlanish vaziri mazkur memorandumning imzolanishi Oʻzbekiston va Xitoy olimlari, virusologlari tomonidan amalga oshirilgan hamkorlik natijasi ekanini taʼkidladi. Tomonlar ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining Oʻzbekistonda ishlab chiqarilishi yurtimiz aholisining koronavirus infeksiyasidan himoyalash uchun muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?