Oʻzbek-xitoy vaksinasi koronavirusning qaysi shtammlariga qarshi taʼsir qiladi?

20:37 20 Iyul 2021 Jamiyat
662 0

Vaksina koronavirusning qaysi shtammlariga qarshi taʼsir qiladi? Ushbu savolga Innovatsion rivojlanish vazirligi javob berdi.

"Cell Research (CR) xalqaro ilmiy jurnalida “SARS-CoV-2 virusi mavjud variantlarining inaktivlangan va RBD-subbirlik vaksinalariga gumoral immun javobi» (“Humoral immune response to circulating SARS-CoV-2 variants elicited by inactivated and RBD-subunit vaccines”) nomli maqola chop etildi. maqolada COVID-19 bilan kasallangan bemorlar, sogʻlom insonlar va mazkur ikki vaksinalar bilan emlangan shaxslarning qonidan olingan plazmalarning samaradorligi “afrikancha” shtammga nisbatan tekshirilgan. Inaktivlangan va rekombinant vaksina bilan emlanganlar va kasallikka chalingan shaxslarning plazmasi olinib, haqiqiy virus va psevdo virusni neytrallash (zararsizlantirish) in vitro testlari oʻtkazilganda, rekombinant ZF-UZ-VAC2001 vaksinasida ushbu mutant variantni zararsizlantirish xususiyati nisbatan yuqori ekanini tasdiqlagan. Shuningdek, maqolada D614G mutant varianti (ushbu variant ayni damda butun dunyoda tarqalgan boʻlib, dominant variant hisoblanadi) nazorat sifatida olingan boʻlib, vaksinalarning ushbu variantni neytrallash koʻrsatkichi test variantlarinikidan ham balandroq ekanligini koʻrishingiz mumkin.

Tadqiqotlar ZF2001 vaksinasi Covid-19 virusining ayni vaqtda dunyoda tarqalgan afrikancha (501Y.V2) va britancha (D614G) variantlaridan himoya qila olishini tasdiqlamoqda. Hozirda olimlar Hindistondan tarqalgan delta-variant ustida ham tadqiqotlar olib bormoqdalar. Laboratoriya tekshiruvlari vaksinatsiyalangan odam zardobi ham, hayvonlar zardobi ham delta variantga qarshi himoyalanganini namoyon etgan. Ayni paytda maʼlumotlar tasniflanmoqda va maqola yaqin kunlarda chop etilishi kutilmoqda", deyiladi axborotda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?