Oʻzbek dzyudosi afsonasi voyaga yetgan mahallada zamonaviy maktab foydalanishga topshirildi

Foto: "Xalq so'zi"
2010-yilda dzyudo boʻyicha Tokioda, 2011-yilda Parijda boʻlib oʻtgan jahon chempionatlari gʻolibi, “Oʻzbek dzyudosi afsonasi” deya taʼriflangan Rishod Sobirov oʻsib-ulgʻaygan Buxoro viloyati Jondor tumanidagi “Pahlavon” mahalla fuqarolar yigʻinida 16-umumtaʼlim maktabining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Mazkur maktabning avvalgi binosi bundan 49 yil muqaddam qurilgan boʻlib, 520 oʻquvchi oʻrniga moʻljallangan edi. Shu kunga qadar esa maskanda 800 nafardan ziyod oʻgʻil-qizlar ikki smenada tahsil olib kelayotgandi. Boz ustiga bilim dargohining 270 oʻquvchiga moʻljallangan oʻquv korpusi taʼmirtalab ahvolga kelib qolgan edi.
Investitsiya dasturiga muvofiq, bu yerda 6 milliard 551 million soʻmlik qurilish-taʼmirlash yumushlari amalga oshirildi. Natijada 660 oʻrinli yangi bino qad rostladi. Shunday qilib mahalla hududidagi Boʻribogʻi, Qaroli, Xorsafed qishloqlari aholisi farzandlari zamonaviy shart-sharoitlarda bilim olishi va sport bilan muntazam shugʻullanish imkoniyatiga ega boʻldilar. Binobarin, “Pahlavon”dan jahon chempioniga munosib izdoshlar yetishib chiqsa ajab emas.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring